Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Roma" futbolchisi "Lans" jamoasiga ko‘chib o‘tdi

"Roma" futbolchisi "Lans" jamoasiga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

"Lans" "Roma" himoyachisi Saud Abdulhamidni ijaraga oldi. Bu haqda Fransiya jamoasi matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchisi 2025-2026 yilgi mavsum oxirigacha Liga 1da o‘ynaydi. Shartnomada futbolchini sotib olish imkoniyati ham mavjud.

26 yoshli himoyachi o‘tgan yozda "Al-Hilol"dan "Roma"ga o‘tgan edi. Italiyadagi bir mavsum davomida Abdulhamid rimliklar safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 3 million yevroga teng.

Kiritildi: 22:12, 03.08.2025.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик