Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Rakitich "Yuventus" muxlislaridan uzr so‘radi

Rakitich "Yuventus" muxlislaridan uzr so‘radi

Baho:
+ | -

Xorvatiyalik sobiq futbolchi Ivan Rakitich "Yuventus" muxlislaridan uzr so‘radi. Taniqli sobiq xavbek ijtimoiy tarmoqlarda do‘sti Luka Modrich bilan tushgan suratini e’lon qilib, uni "Milan"ga o‘tgani bilan tabrikladi. Postga Rakitich "Byankonerilar" muxlislarini haqorat qiluvchi so‘zni ham yozgan edi. Xorvatiyalik matn mazmunidan xabar topgach, postni o‘zgartirdi va keyin uzr so‘radi.

"Yuventus" muxlislaridan chin dildan uzr so‘ramoqchiman. Niyatim Lukani "Milan"ga o‘tgani bilan tabriklash edi, tarixiy kontekst va so‘zlarning mohiyatidan bexabar edim. Men o‘zim chuqur hurmat qiladigan klubni aslo haqorat qilmoqchi emasdim," - deya yozda faoliyatini yakunlagan Rakitichning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Luka Modrich erkin agent sifatida "Milan"ga o‘tdi. U Italiyaga ko‘chib o‘tgunga qadar 13 yil davomida Madridning "Real" klubida to‘p surgan.

Kiritildi: 05:23, 05.08.2025.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик