Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" prezidenti Ter Shtegen qaroridan g‘azablandi

"Barselona" prezidenti Ter Shtegen qaroridan g‘azablandi

Baho:
+1 | -2

"Barselona" prezidenti Joan Laporta darvozabon Mark-Andre ter Shtegendan juda norozi.

Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi klubga maoshining bir qismini boshqa futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ishlatish imkonini beradigan uzoq muddatli jarohat to‘g‘risidagi tibbiy xulosani imzolashdan bosh tortdi. Yaqin soatlar ichida darvozabon sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lishi mumkin. Avvalroq, bu borada qarorni murabbiy Xans-Diter Flik qabul qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq jurnalist Aleks Pintanelning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati bu masalani o‘z zimmasiga olmoqchi.

Qayd etilishicha, Joan Laporta hujjatni imzolashdan bosh tortgani uchun ter Shtegendan juda g‘azablangan. Ma’lum bo‘lishicha, 33 yoshli futbolchining sardorlik maqomini saqlab qolish uchun deyarli imkoniyati yo‘q.

Kiritildi: 05:34, 07.08.2025.
O'qildi: 4381 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик