Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" hali ham qadamida sobit

"Liverpul" hali ham qadamida sobit

Baho:
+ | -

"Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakni transfer qilish fikridan qaytgani yo‘q.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda nufuzli insayder Fabrisio Romano yozgan.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, agar "Nyukasl" Isak uchun ochiq bo‘lsa, "Liverpul" Isak uchun yangi taklif yuborishi mumkin.

25 yoshli shvedning o‘zi "zag‘izg‘onlar"da qolishni istamayapti - u "Liverpul"ga ketishni kutmoqda. Oldinroq matbuotda "Liverpul" Aleksandr Isak uchun 110 million funt (taxminan 127 million yevro) taklif qilgani, biroq "Nyukasl" "yo‘q" deb javob bergani haqida yozgan edi.

Kiritildi: 22:40, 07.08.2025.
O'qildi: 1031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик