Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Los-Anjeles" prezidenti nega Sonni o‘z safiga qo‘shib olganini tushuntirdi

"Los-Anjeles" prezidenti nega Sonni o‘z safiga qo‘shib olganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

"Los-Anjeles" klubi xo‘jayinlaridan biri va bosh menejeri Jon Torrington amerikaliklar koreyalik hujumchi Son Xin Minni nima uchun o‘z safiga qo‘shib olganini aytib o‘tdi. Sonning transferi haqida 6 avgust kuni ma’lum bo‘ldi.

"Son - dunyo yulduzlaridan biri va jahon futbolidagi eng dinamik va tajribali o‘yinchilardan biri. Uning ambisiyalari, qobiliyatlari va xarakteri "Los-Anjeles"dagi qadriyatlarimizga juda mos keladi. U o‘zining ajoyib faoliyatining keyingi bosqichi uchun bizni tanlaganidan faxrlanamiz. Son - tug‘ma g‘olib va jahon darajasidagi inson va ishonamizki, u klubimizni yangi bosqichga olib chiqadi va jamoani - maydonda ham, undan tashqarida ham ilhomlantiradi," - deya Torringtonning so‘zlarini keltiradi "Los-Anjeles" rasmiy sayti.

Kiritildi: 12:35, 08.08.2025.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик