Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" ustozi jamoa muhitini yaxshilamoqchi

"Yuventus" ustozi jamoa muhitini yaxshilamoqchi

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor jamoadagi muhitni yaxshilashga qaror qildi va futbolchilarni birgalikda kechki ovqatga taklif qildi, deb yozadi La Gazzetta dello Sport.

Manbaga ko‘ra, tadbir Nyurnbergdagi Osiyo taomlari restoranida bo‘lib o‘tgan, u yerga futbolchilar bilan birga klub rahbariyati vakillari ham kelgan. Dasturxon atrofida nafaqat asosiy futbolchilar, balki Turindagi kelajagi hozircha so‘roq ostida bo‘lganlar ham o‘tirishdi.

"Yuventus" ayni damda mavsumoldi yig‘inini Germaniyada o‘tkazmoqda. 10 avgust kuni turinliklar Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Kiritildi: 13:05, 08.08.2025.
O'qildi: 375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик