Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Galatasaroy» Morata bilan xayrlashganini e’lon qildi

«Galatasaroy» Morata bilan xayrlashganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Galatasaroy» matbuot xizmati ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata bilan shartnoma bekor qilinganini ma’lum qildi. Futbolchining transfer huquqlari «Milan» klubiga tegishli edi.

«Rahmat, Morata, “Galatasaroy”ga bo‘lgan sadoqating uchun! Keyingi faoliyatingda omad tilaymiz!», — deb yozdi «sherlar» matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qildi. Shu munosabat bilan «Milan» turk klubiga 5 mln kompensasiya to‘laydi. Avvalroq OAVda Morata Italiyaning «Komo» klubiga o‘tishi mumkinligi va bu haqda bir oycha avval kelishuvga erishilgani xabar qilingan edi.

2025 yil fevralidan beri 32 yoshli ispaniyalik futbolchi «Galatasaroy» safida «Milan»dan ijara asosida o‘ynab kelar edi. Ijara muddati 2026 yil yanvar oyiga qadar davom etishi kerak edi. Turkiya klubi safida Morata 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:37, 11.08.2025.
O'qildi: 1416 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик