Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Manchester Yunayted" qimmat transfer uchun yana muzokara o‘tkazib ko‘radi

"Manchester Yunayted" qimmat transfer uchun yana muzokara o‘tkazib ko‘radi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Karlos Balebani o‘z safiga qo‘shib olishga yana bir bor urinib ko‘radi.

Avvalroq, "MYU" Kamerun terma jamoasining 21 yoshli tayanch yarim himoyachisi borasida "Brayton" bilan bog‘langani, "Arsenal" va "Liverpul"ga ham futbolchi qiziq ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Qishda Karlos uchun 120 mln yevro so‘ralgandi - bu "Manchester Siti"ning qiziqishini to‘xtatdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, "chaykalar" hamon Balebani 120 mln ga baholamoqda, xavbek esa kelasi yili transferni ko‘rib chiqishga tayyor.

Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, "Yunayted" yaqin kunlarda Baleba transferi bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Klub futbolchi transferga qiziqish bildirayotganiga ishonmoqda, shuning uchun shaxsiy shartnoma shartlari muammo tug‘dirmaydi.

"Brayton" bilan aloqalar davom etmoqda. Kelishuv juda murakkab hisoblanadi, ammo "MYU" uni amalga oshirishga harakat qiladi.

Tayanch yarim himoyachi APLning o‘tgan mavsumida 34 ta o‘yinda 3 ta gol urdi, 1 ta golli pas berdi, 6 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.

Kiritildi: 08:52, 12.08.2025.
O'qildi: 2050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик