Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Maksim Shaskix: "Bunday o‘yinlarga ortiqcha gapirish shart emas"

Maksim Shaskix: "Bunday o‘yinlarga ortiqcha gapirish shart emas"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Andijon" – "Navbahor" (0:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix qatnashdi.

- O‘yin haqidagi fikringiz?

- Durangga mos uchrashuv edi. Ba’zan shunaqasi bo‘lib turadi, raqib bir marta hujumga o‘tib, gol urib, yutib ketadi. Bugun shunaqa o‘yin bo‘ldi. Biz ham ko‘p vaziyat yaratmadik. Lekin o‘yin tomonlama bugun yaxshiroq edik. Bu - futbol, mag‘lubiyat doim yoqimsiz. Yana qaytaraman, durangga mos bahs kechdi. O‘yinni tahlil qilib xatolarni o‘rganamiz.

- Bu mag‘lubiyatda o‘zingizni aybdor deb bilasizmi?

- Albatta. Yana kim aybdor bo‘lishi mumkin? Jamoa yutqazsa, har doim murabbiy aybdor bo‘ladi. Balki noto‘g‘ri almashtirish qilgandirman. Balki tarkib tanlashda adashgandirman. Balki futbolchilarni ruhan tayyorlay olmagandirman. Lekin ikkinchi tomondan, bunday o‘yinlarga ortiqcha gapirish shart emas. Kuchli jamoalar bilan hamma o‘zini ruhan tayyorlay olishi kerak. Nimayam derdim, hayot davom etadi. Hatto yutganimizda ham durangga loyiq o‘yin bo‘ldi, derdim. Berkitadigan narsa yo‘q, men doim rost gapiraman. Bitta zarba, bitta gol. Bizdayam zarba bo‘ldi, lekin golga aylanmadi. Har kuni mashg‘ulotlarda zarbalarni golga aylantirish ustida ishlaymiz, ammo o‘yinga kelganda omad kelmayapti. Nima uchun shunday bo‘layotganini tushunmayman.

- Ikkinchi bo‘limda Kreziu Altinni maydonga tushirsa bo‘lmasmidi?

- Bir narsani hisobga oling, Kreziu Altin tayanch yarim himoyachisi. U orqaroqda o‘ynaydi. Biz esa hujumni kuchaytirish uchun oldinga futbolchi tashlashimiz kerak edi. Yutish uchun e’tiborni hujumga qaratdik. Shu bois, hujumkor yarim himoyachini maydonga tushirdik. Altin esa himoyaviy o‘yinchi. Shuning uchun uni bugun maydonga tushirgandan ma’ni yo‘q edi.

- Saidnurullayev o‘rniga Islom Mamatkazin zaxiradan maydonga tushirildi...

- O‘yin oxirlariga kelib, "ikkinchi qavat"dagi kurashlar avj oldi. Bosh bilan yaxshi o‘ynagani uchun Mamatkazinni maydonga tushirdik. Balki standart vaziyatda foydasi tegib qolar, deb o‘yladik.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:20, 13.08.2025.
O'qildi: 1600 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.