Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Nyukasl" Isak o‘rniga London klubi hujumchisini sotib olmoqchi

"Nyukasl" Isak o‘rniga London klubi hujumchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Aleksandr Isak "Nyukasl"da o‘ynashdan bosh tortmoqda va "Liverpul"ga o‘tmoqchi, shuning uchun "hakkalar" o‘ziga yangi hujumchi qidirmoqda.

Shvesiyalik futbolchining o‘rniga ustuvor variant sifatida "Kristal Pelas" vakili Jan-Filipp Mateta ko‘rsatilgan, deb xabar bermoqda jurnalist Rudi Galetti. "Burgutlar" 28 yoshli futbolchi uchun taxminan 40 mln funt (46 mln yevrodan ortiq) so‘ramoqda.

Aleksandr Isakning sotilishi "Nyukasl"ga 130 mln yevrodan ko‘proq foyda keltirishi mumkin. Hozircha "Liverpul"dan yangi taklif bo‘lgani yo‘q.

Angliya Superkubogi doirasidagi so‘nggi o‘yinda Jan-Filipp Mateta "Liverpul" darvozasiga gol urdi. O‘tgan mavsumda fransuz "Kristal Pelas" safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 4 ta golga hammualliflik qilgan.

Kiritildi: 05:32, 13.08.2025.
O'qildi: 1047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик