Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

"Chelsi" Xavi Simons transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

"Chelsi" Xavi Simons transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" va "RB Leypsig" hujumkor yarim himoyachi Xavi Simonsning transfer shartlari bo‘yicha kelishib oldi. "Ko‘klar" 22 yoshli futbolchi uchun 60 mln funt (deyarli 70 mln yevro) to‘laydi, deb xabar bermoqda jurnalist Orasio Akkomando. Futbolchi bilan tuziladigan shartnoma tafsilotlari ham kelishib olingan. "Chelsi" yana bir sotuvni amalga oshirishi bilan kelishuv tasdiqlanadi.

Xavi Simons o‘tgan mavsumda "RB Leypsig" safida 33 ta o‘yinda 11 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yanvar oyida nemis klubi niderlandiyalik futbolchini "PSJ"dan 50 mln yevroga sotib olgandi.

17 avgust kuni Enso Mareska jamoasi Premyer-ligani o‘z maydonida "Kristal Pelas"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Kiritildi: 07:33, 13.08.2025.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.