Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Barsa" yaqin soatlarda Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishi kutilmoqda

"Barsa" yaqin soatlarda Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozabon Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun La Ligadan ruxsat kutmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" xo‘jayinlari bugun, chorshanba kuni liga Mark-Andre ter Shtegenning jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqanini tasdiqlaydi - bu holda klub yangi darvozabon Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin, deb xabar beradi Sport. Kataloniyaliklar uchun yangi futbolchi tez orada o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishi juda muhim, chunki shanba kuni chempionatning 1-turidan o‘rin olgan "Malyorka"ga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Joan Garsiya "Barselona" tomonidan yoz boshida "Espanyol"dan 25 mln yevroga sotib olingan edi. Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, Xans-Diter Flik bo‘lajak o‘yinda 24 yoshli kiperni asosiy tarkibda tushirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 07:36, 13.08.2025.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик