Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Roberto Karlos, Kannavaro, Materassi, Riberi, Maykon — futbol afsonalari O‘zbekistonga kelmoqda!

Roberto Karlos, Kannavaro, Materassi, Riberi, Maykon — futbol afsonalari O‘zbekistonga kelmoqda!

Baho:
+ | -

Joriy yilning 26-27 avgust kunlari mamlakatimiz sporti tarixida yana bir unutilmas sahifa ochiladi. Yurtimizga dunyoning eng mashhur futbol yulduzlari tashrif buyurmoqda.

Jumladan:

Dida — Jahon chempioni, "Milan" tarkibida UYEFA Chempionlar Ligasining ikki karra g‘olibi.

Roberto Karlos — kuchli zarbalari bilan nom qozongan, dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri, Jahon chempioni, UYEFA Chempionlar Ligasining uch karra g‘olibi.

Fabio Kannavaro — Jahon chempioni, "Oltin to‘p" sohibi, 2006-yilda jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan yagona himoyachi.

Marko Materatsi — Jahon chempioni, UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi.

Maykon — "Inter"ning eng yaxshi himoyachilaridan biri, UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi.

Kristian Zakkardo — 2006-yilgi jahon chempioni, italiyalik himoyachi.

Klarens Zeedorf — "Milan" afsonasi, Chempionlar Ligasini uch xil klub bilan yutgan yagona futbolchi.

Serjinyo — "Milan"ning chap qanot himoyachisi, sermahsul paslari bilan tanilgan.

Frank Riberi — "Bavariya" klubining afsonaviy yarim himoyachisi, UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi.

Kevin Kurani — Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi, "Shalke-04" klubi afsonasi.

Mazkur yulduzlar 26-avgust kuni “Humo Arena” sport majmuasida "BMB" hamda "Oil Star" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi-2025 uchrashuviga tashrif buyurishi va muxlislar bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

27-avgust sanasida esa bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi dasturga kiritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston hamda Jahon futbol afsonalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan. O‘yinning boshlanish vaqti hamda manzili haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Futbol afsonalari bilan unutilmas onlarning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Tadbir tashkilotchilari — O‘zbekiston Futzal Federasiyasi, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi

Bosh homiy — BMB HOLDING

Titul homiy — "O‘zsanoatqurilishbank" ATB

Rasmiy homiy — BMB Za’faron

Sug‘urta hamkori — SQB INSURANCE

Tadbir hamkorlari — O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 17:19, 14.08.2025.
O'qildi: 4519 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик