Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 1-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

"Arsenal" kurashdan chiqdi

"Arsenal" kurashdan chiqdi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze joriy transfer oynasida "Arsenal"ga o‘tishi dargumon.

"Kanonirlar" 27 yoshli futbolchi uchun kurashni to‘xtatdi va asosiy e’tiborni chap qanot himoyachisiga qaratishga qaror qildi, deb xabar beradi TBR Football. Shu tariqa, ingliz uchun faqat bitta jiddiy da’vogar - "Tottenxem" qoldi.

Eberechi Ezening Transfermarkt portalidagi narxi 55 mln yevroga baholanmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi "Kristal Pelas" safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Angliya terma jamoasi safida xavbek 12 ta o‘yin o‘tkazib, bir marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Kiritildi: 08:50, 16.08.2025.
O'qildi: 1797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик