Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

«Andijon»: Qur’a haqida kim qanday fikrda?

«Andijon»: Qur’a haqida kim qanday fikrda?

Baho:
+ | -

OCHL 2 qur’asi haqida raqiblar va mutaxassislarning fikrlarini e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Bu borada «Andijon» futbolchilarining ham qanday munosabatda ekanliklarini bilish muhim sanaladi. Shu sababli klub matbuot xizmati ayrim o‘yinchilarning qur’a borasidagi fikrlariga quloq soldi.

Erjan Tokotayev: “Yaqqol favorit yo‘q”

“Yaxshi, teng kuchli guruh, yaqqol favorit yo‘q. Hamma jamoalar chiroyli futbol namoyish etishga qodir. Yuqori natija ko‘rsatish umidida turnir boshlanishini kutmoqdamiz”.

Islom Mamatkazin: “Guruhdan chiqsak pley-offda «Al-Nassr» bilan o‘ynash nasib qiladi, deb o‘ylayman”

“Qur’ani biz o‘ylagandek o‘tdi, desa ham bo‘ladi. Jamoamizdagi ko‘plab futbolchilar bilan birga guruhimizda «An-Nasr» bo‘lishini xohlagandik. Xudo xohlasa, yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, guruhdan chiqsak pley-offda «An-Nasr» bilan o‘ynash nasib qiladi, deb o‘ylayman”.

Otabek Jo‘raqo‘ziyev: “Bizni oldinda ajoyib uchrashuvlar kutmoqda”

“Qur’aga keladigan bo‘lsak, zo‘r jamoalar tushdi, deb o‘ylayman. Qatarda chempionat endi boshlandi. Raqibimiz bitta uchrashuv o‘tkazdi. Turkmaniston chempionati davom etmoqda, raqibimiz hali birorta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgani yo‘q. Bahrayn chempionatiga kelsak, ular ham mamlakatning grand klublaridan biri hisoblanadi. Bizni oldinda juda ajoyib uchrashuvlar kutib turibdi. Bo‘lajak o‘yinlarda muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilamiz hamda muxlislarimizni xursand qilamiz”.

Bektemir Abdumannonov: “Balki finalgacha borarmiz”

“Qur’ada Saudiya klubi - «Al-Nassr» tushishini kutgandim. Yaxshi raqiblar bo‘ldi. Guruhdan chiqishimizga imkoniyatimiz ko‘proq. Qatar, Bahrayn va Turkmanistonni yaxshi jamoalari ro‘baro bo‘ldilar. Munosib o‘yinlar ko‘rsatib, keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. Balki keyingi bosqichlarda «Al-Nassr» bilan to‘qnash kelib qolsak kerak. Ronalduga qarshi o‘ynash niyatimiz  bor. Guruhda maksimal ochkolarni to‘plashga bor kuchimizni ishga solamiz. Hammasi yaxshi raqiblar. Ochkolarni ko‘paytirishga harakat qilamiz. Balki finalgacha borarmiz. Omad kelsa ko‘p narsa hal bo‘lib ketishi mumkin. Muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz”.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:04, 16.08.2025.
O'qildi: 1208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик