Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kompani: "Bu kubok juda muhim"

Kompani: "Bu kubok juda muhim"

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoasining Germaniya Superkubogi uchun "Shtutgart"ga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyati (2:1) haqida gapirdi.

Myunxenliklar 18 va 77-daqiqalarda Xarri Keyn va Luis Diasning gollari evaziga g‘alaba qozonishdi.

94-daqiqada shvabiyaliklar safida Jeymi Leveling gol urdi.

"Bu kubok juda muhim, chunki u klub afsonasi Frans Bekkenbauer nomi bilan atalgan. Shtutgartda bu hech qachon oson bo‘lmagan, ammo biz buni uddaladik.

Albatta, biz mavsumga uzoqroq tayyorgarlik ko‘rishni ma’qul ko‘rgan bo‘lardik, ammo shikoyat qilishning ma’nosi yo‘q - vazifa bajarildi.

Biz maqsadimizga erishdik va mavsumni kubok bilan boshladik. Bu muhim", - dedi Kompani.

Kiritildi: 09:48, 17.08.2025.
O'qildi: 450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик