"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachi Riko Lyuisning darajasini baholadi.
20 yoshida ingliz "shaharliklar"ning asosiy jamoasida 95 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan. Premyer-liganing dastlabki turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga (4:0) qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda yosh futbolchi golli uzatmani amalga oshirdi.
"Riko o‘z pozisiyasida ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Uning yagona kamchiligi juda kichik [170 sm]. Agar u biroz balandroq bo‘lganida, "Vau, qanday futbolchi!" degan bo‘lardim," - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Report.













