"Yuventus" Manuel Lokatellini Saudiya Arabistoni klubiga sotishdan bosh tortdi.
Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, o‘tgan hafta turinliklar 27 yoshli yarim himoyachi uchun 25 million yevro to‘lashga tayyor turgan "Al-Ahli"ning taklifini rad etishgan.
Qayd etilishicha, "Yuventus" rad javobini olgach, saudiyaliklar boshqa nomzodlarga e’tibor qaratgan. "Al-Ahli" "Monako"dan Denis Zakariyaning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo futbolchi hali transferga rozilik bergani yo‘q.













