"Barselona" vingeri Markus Reshford 18 yoshli jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
"Lamin juda quvnoq yigit, doim kulib, boshqalar bilan hazillashadi. Futbolchi sifatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, u juda katta iste’dodga ega. Meni eng hayratga solgani, uning yoshiga nisbatan yetuk fikrlashi va o‘ynashi bo‘ldi," - deya "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan inglizning so‘zlarini keltiradi Barca Times.













