Kirish Ro'yxatdan o'tish

Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi London klubiga o‘tishi mumkin

Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi London klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" "Vulverxempton" hujumchisi Xvan Xi Chxan transferiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi jurnalist Ben Jeykobs.

Manbaga ko‘ra, London klubi futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. 29 yoshli koreyalik futbolchi avvalroq jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgandi.

Shuningdek, hujumchiga fransiyalik futbolchilar ham qiziqish bildirgan. Ammo futbolchining o‘zi faoliyatini APLda davom ettirish niyatida.

2024/25 yilgi mavsumda Xvan Xi Chxan barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 12 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 12:09, 19.08.2025.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик