Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma"ning yangi futbolchisi ilk mashg‘ulotidayoq jarohat oldi

"Roma"ning yangi futbolchisi ilk mashg‘ulotidayoq jarohat oldi

Baho:
+ | -

Hujumkor yarim himoyachi Leon Beyli "Aston Villa"dan kecha "Roma"ga ko‘chib o‘tdi. A Seriya klubi yamaykalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan APL vakilidan ijaraga oldi.

28 yoshli Beyli uchun "Roma"dagi faoliyati yaxshi boshlanmadi. Birinchi mashg‘ulotdayoq futbolchi jarohat oldi. Leonning mushaklarida muammolar paydo bo‘ldi. Shikastlanish qanchalik jiddiyligi hali noma’lum. Yaqin vaqt ichida futbolchi tekshiruvdan o‘tadi. Bularning barchasi haqida jurnalist Janluka di Marsio o‘z saytida hikoya qiladi.

Italiya chempionatining 1-turida "Roma" o‘z maydonida "Bolonya"ni qabul qiladi. O‘yin 23 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 06:10, 21.08.2025.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик