Amin Adli "Bayer"dan "Bornmut"ga o‘tdi.
Ingliz klubi 25 yoshli vinger bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Tomonlar 5 yilga shartnoma tuzdilar.
Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, "giloslar" futbolchi uchun 21 million yevro to‘lagan, shuningdek, 9 million yevro miqdorida bonuslar ham ko‘zda tutilgan.
Marokashlik Bundesliganing o‘tgan mavsumida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.














