Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Bir xil vaziyatlarni ikki xil talqin qilishmoqda» – Vadim Abramov Jizzaxdagi o‘yin, hakamlik va penalti haqida

«Bir xil vaziyatlarni ikki xil talqin qilishmoqda» – Vadim Abramov Jizzaxdagi o‘yin, hakamlik va penalti haqida

Baho:
+ | -

Superliga 20-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» - «Dinamo» (1:1) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Bugun jamoalar ko‘rsatgan o‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman, tomonlar qarama-qarshi hujumlar bilan quvnoq o‘yin namoyish etishdi. Afsuski, so‘nggi soniyalarda penalti belgilandi va g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Men uchun ko‘p narsa tushunarsiz. Hakam vaziyat yonida edi, VAR esa uni chaqirdi. Shunday vaziyatlar bizda bo‘lganida VAR hech kimni chaqirmaydi. Bilmadim, bu VAR bilan hech narsa tushunarsiz, menimcha bu faqat bizda emas, hamma joyda shunaqa bo‘lyapti. Bizga sariq kartochkalar berib tashlashdi, raqibga kelganda ularning o‘yinchisi ikkinchi sariqni olib maydondan chetlatilishi kerak bo‘lganda, hakam yuz foizli kartochkani ko‘rsatmayapti. Bir xil vaziyatlarni ikki xil talqin qilishmoqda. Bunga tushunish qiyin. Aftidan, hakamlik bo‘yicha men hech narsani tushunmas ekanman. Shunday ekan, tilimni tiyaman.

Yigitlarimga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Tig‘iz taqvim paytida raqib bizdan bir kun ko‘proq dam oldi. Bunday vaziyatda o‘ynash og‘ir, maydon, hakamlik... Butun o‘yin davomida barchasini yaxshi bajardik, ammo so‘nggi 30 soniyada nimadir yetishmadi. Barchasini tahlil qilamiz», - dedi Vadim Karlenovich o‘yindan keyin.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:45, 21.08.2025.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик