Kirish Ro'yxatdan o'tish

La Liga grandi Lukmandan voz kechdi

La Liga grandi Lukmandan voz kechdi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman uchun kurashda ishtirok etmayapti.

"Matraschilar" nigeriyalik futbolchining Milanning "Inter" klubiga o‘tishi bo‘yicha kelishuv barbod bo‘lganidan keyin unga da’vogarlardan biri sifatida tilga olingan edi. Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, Lukmanning vakillari "Atletiko"ga qiziqish saqlanib qolgan-qolmaganini bilish maqsadida murojaat qilgan, biroq madridliklar transfer bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqchi emasliklarini ma’lum qilishgan. Sababi o‘sha-o‘sha - narx baland.

Ademola Lukman "Inter"ga o‘tmoqchi edi, ammo Milan grandi transfer shartlari bo‘yicha "Atalanta" bilan kelisha olmadi. Transfermarkt saytidagi 27 yoshli futbolchining taxminiy narxi - 60 mln yevro.

Kiritildi: 08:50, 22.08.2025.
O'qildi: 2006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик