Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bahrom Haydarov: "Mag‘lubiyatga loyiq emasdik"

Bahrom Haydarov: "Mag‘lubiyatga loyiq emasdik"

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turi doirasida «Buxoro» — «Qo‘qon-1912» bahsi yakunlanganidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

— «Buxoro»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Mag‘lubiyatga loyiq emasdik deb o‘ylayman. Reja bo‘yicha ikkinchi bo‘limda raqibga bosim o‘tkazish kerak edi va buni uddalay oldik. Safarda o‘ynagandan keyin vaziyatlardan foydalanish kerak. Teng o‘yin bo‘ldi, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Kamida durangga loyiq edik. Alamli mag‘lubiyatga uchradik. Nima deyishni ham bilmayman.

— Gol haqida fikringiz, bu qanday shakllandi?

— Hujumdan himoyaga qaytishda sustkashlikka yo‘l qo‘ydik. Raqiblar to‘pni egallab olib, tez hujumga o‘tishdi. Buni hali taxlil qilib chiqamiz. Zarba bergan Aziz Amonov yonida Shohruh Gadoyev bo‘lishi kerak edi, bu vaziyatda zarbaga yo‘l qo‘ymaslik kerak edi. Rikoshetdan keyin darvozabonimiz ham ishonchli harakat qilmadi, olib chiqsa bo‘ladigan vaziyat edi. Menimcha darvozamiz yonida ko‘zga tashlanadigan vaziyat bo‘lmadi. Omad «Buxoro» tomonida bo‘ldi va to‘p darvozaga kirib ketdi. Darvozabonimiz to‘p chiziqdan o‘tmadi deb aytdi, lekin bu umuman boshqa holat. Birinchi navbatda tezroq himoyaga o‘tishimiz kerak edi. Keyin ularga darvozamizga zarba berishiga yo‘l qo‘ydik. «Buxoro» bu golga loyiq edi.

— Shohruh Gadoyevning almashtirilishi shu vaziyat bilan bog‘liqmi?

— Yo‘q, u birinchi davrada kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va shu sababli u to‘liq o‘ynashga tayyor emas. Futbol jamoaviy sport turi. Jamoadoshlari xato qilsa, jamoadoshlari to‘g‘rilashi uchun harakat qilyapmiz. Epizodlarni taxlil qilamiz va yigitlarga ko‘rsatamiz, shu vaziyatlarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. U bugungi o‘yin holatidan kelib chiqib, charchoqni his qilganidan keyin almashtirildi.

— Jamoangiz 20 o‘yinda 15 ta gol urdi, statistika bo‘yicha jamoa eng kam gol urganlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turibdi. Bu kam emasmi?

— Albatta, kam. Ikkinchi davrada bir qancha hujumchilar olib, jamoadagi raqobatni kuchaytirgan edik. Birinchi davrada 10tacha gol urgandik. Bu ham juda kam. Bugun mana ikkinchi bo‘limning o‘zida 4ta 100 foizlik vaziyatlar bo‘ldi. Abror Karimovda, Abdug‘ofur Haydarovda ikkita vaziyat, Javohir Husanovda ham vaziyat bo‘ldi. G‘alaba qozonish uchun buncha vaziyatlarning hech bo‘lmasa yarmini foydalanish kerak. Buning ustida ishlash kerak. Shuncha vaziyatlar hali ham ko‘z oldimda turibdi. Bunday pallalarda gollar ura olmasak, keyinchalik ham bizga qiyin bo‘ladi va jamoaga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Gol ura olmaslik keyinchalik turnir jadvalida quyilashga sabab bo‘ladi. Umumiy olsak, jamoam o‘yini bo‘yicha bu o‘ringa munosib emas. Yuqoriga ko‘tarilishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 10:10, 22.08.2025.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.