Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Pedro Rodriges: «Faoliyatimni sovrin yutish bilan yakunlamoqchiman»

Pedro Rodriges: «Faoliyatimni sovrin yutish bilan yakunlamoqchiman»

Baho:
+ | -

Yaqinda «Lasio» bilan shartnomasi muddatini yana bir yilga uzaytirgan klub faxriysi Pedro Rodriges faoliyatini sov­rindor sifatida yakunlamoqchi. 28 iyul kuni 38 yoshni qarshilagan ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi El Dia de Tenerife nashriga bergan intervyusida shu haqda gapirishdan tashqari, «Oltin to‘p»-2025ni kim olishi kerakligi va albatta, «Barselona» bilan bog‘liq  xotiralari yuzasidan gapirdi.

«Oltin to‘p» so‘rovi

- Menga qolsa, bu yil «Oltin to‘p»ni «Barselona» tarbiyalanuvchisi Pedriga berardim. To‘g‘ri, yakunlangan mavsum Lamin Yamal, Dembele va Rafinya kabi iqtidorli futbolchilar ham mukofotga loyiq o‘yin namoyish etishdi. Lekin bu raqobatda Pedri g‘alaba qozonishini istardim, baribir. Futbol elitasi Pedri timsolida Tenerife va Kanar orollaridan chiqqan, maydonda har doim borini beradigan yana bir yulduzcha bilan boyigani biz uchun katta sharaf uyg‘otadi. Uning ayni payt o‘z pozisiyasi bo‘yicha dunyodagi eng kuchli ijrochi ekanligiga shubham yo‘q.

Niko Uilyamsning o‘xshamagan transferi

- Niko kelajagi buyuk futbolchilar qatorida e’tirof etilmoqda va u bunga loyiq. Afsuski, futbolga aloqasi yo‘q sabablar oqibatida transferi amalga oshmadi. Niko Ispaniya terma jamoasining bir qismi sanalgan «Barsa» futbolchilari bilan yaxshi munosabatda va klub o‘yiniga o‘zgacha joziba qo‘sha olardi. Ishonchim komil, qachondir ushbu masala yana ko‘tarilsa, tomonlar muvaffaqiyatli bitim bo‘yicha yechim topishadi, albatta.

Faoliyatining yakuniy qismi

- Ayni payt «Lasio»dagi so‘nggi mavsumdan to‘liq rohatlanishni o‘ylayapman. Mavsum boshidanoq yuqori o‘rinlarda borishimizni istardim. Zero, faoliyatimni sovrin yutgan holda yakunlamoqchiman. Bilaman, bu oson emas, lekin imkoniyat bor ekan, orzu ro‘yobi yo‘lida qo‘ldan kelganicha harakat qilaman. Asosiysi, yaqinlarim katta futboldagi so‘nggi o‘yinlarimdan chinakamiga zavqlanishsa, bas. Agar ular yakunda meni shohsupada ko‘rishsa, nur ustiga a’lo nur. Butsalarimni mixga ilganimdan keyin ham futbolga daxldor qandaydir ish bilan shug‘ullanmoqchiman.

«Barsa»dagi ilk kunlar xotirasi

- Gvardiola o‘z xonasiga chaqirib, Eskerro betobligi va uning o‘rniga maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rishimni ayt­ganida, qanday holatga tushganim esimda. Ochig‘i, avvaliga bunga ishonmadim, biroz hayajonlandim, keyin darhol oilamga qo‘ng‘iroq qilib, xushxabarni yetkazdim. Shu tariqa yaqinlarim o‘yinimni jonli efirda tomosha qilish uchun Abadesda jamlanishdi. «Barselona»dagi debyutim? O, buni unutish mumkinmi? Axir o‘shanda kimsan Samuel Eto'O o‘rniga maydonga tushgandim - bir umrlik unutilmas lahzalar...

«Barselona» evolyusiyasi

- Men bilan birga o‘ynagan ba’zi yigitlar elit darajaga chiqishdi, ayrimlari esa yo‘q. Umuman, ajoyib futbolchilar guruhi yig‘ilgandi - Pike, Viktor Valdes, Jovanni dos Santos, Boyan Krkich... Ayrim futbolchilarning yuqori bosimga bardosh berolmaganlari boshqa masala. Zero, futbolda kimlarnidir ishlari yurishadi, ba’zilar esa katta qiyinchiliklarga duch kelishadi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 07:00, 24.08.2025.
O'qildi: 1059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.