Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan

«Chelsi» klubi O‘zbekistondan minglab futbolchilarni yashirin ravishda kuzatmoqda

«Chelsi» klubi O‘zbekistondan minglab futbolchilarni yashirin ravishda kuzatmoqda

Baho:
+3 | -

Londonning «Chelsi» futbol klubi egalari almashganidan keyin yangi va ancha kengaytirilgan skautlik strategiyasini amalga oshirishga kirishdi. Bu safar klub an’anaviy markaziy bozorlardan tashqaridagi hududlarga e’tibor qaratmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekistonga alohida urg‘u berilmoqda. Bu esa mintaqa yosh iste’dodlari uchun beqiyos imkoniyatlarni ochib berishi mumkin.

Yangi rahbariyat kelishi bilan klubning transfer siyosati jiddiy o‘zgardi. Endi «Chelsi» tayyor yulduzlardan ko‘ra yosh va istiqbolli futbolchilarni topish hamda rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda. Shu maqsadda klub skautlari Markaziy Osiyoda tizimli ravishda ish boshladi. Qidiruv geografiyasi endilikda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistonni qamrab olmoqda — bu hududlar ilgari yetakchi Yevropa klublari diqqat markaziga deyarli tushmagan edi.

Skautlar faoliyati maksimal maxfiylik bilan olib borilmoqda. «Chelsi» mutaxassislari minglab yosh futbolchilarni ochiq oshkor qilmasdan o‘rganishmoqda. Bunday yondashuv orqali yosh iqtidorlar narxining sun’iy ravishda ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ular yoshlar turnirlari, mahalliy ligalar o‘yinlari va hatto mashg‘ulotlarda ham kuzatuv olib borishmoqda.

Yangi strategiya samarasi allaqachon o‘zini ko‘rsatdi. Xususan, shu skautlar faoliyati natijasida qozog‘istonlik hujumchi Dastan Satpayev bilan «Chelsi» shartnoma tuzdi. U kelasi yil London klubiga qo‘shiladi. Bu transfer butun Markaziy Osiyo futboli uchun muhim voqea sifatida baholanmoqda.

O‘zbekiston yosh futbolchilari uchun esa bu katta signal — ularning o‘yini, texnikasi va o‘sishi yetuk mutaxassislar nazaridan chetda qolmayapti. Jahon futbolidagi yetakchi klublardan biri kuzatuv olib borayotgani, ular uchun «katta futbolga» yo‘l har qachongidan ham yaqin ekanini anglatadi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston o‘z tarixidagi eng kuchli avlod futbolchilarini bermoqda. Buning yorqin namunasi sifatida Husanovning boshqa bir yevropa grandi — «Manchester Siti»ga o‘tganini misol qilish mumkin. Bu esa yana bir bor jahon futboli bizning mamlakatga jiddiy qiziqish bilan qarayotganini ko‘rsatib turibdi.

Manba: upl.uz
Kiritildi: 23:06, 24.08.2025.
O'qildi: 5597 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.