Italiya chempionati 1-turida "Atalanta" o‘z maydonida "Piza"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
O‘yindagi ikkala golni ham bergamoliklar kiritdi. Isak Xin 26-daqiqada o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan bo‘lsa, 50-daqiqada Janluka Skamakka javob golini urdi.
2-turda "Atalanta" "Parma" mehmoni bo‘ladi, "Piza" "Roma"ni qabul qiladi.













