Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Real"ning sobiq futbolchisi Bundesliganing top-klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda

"Real"ning sobiq futbolchisi Bundesliganing top-klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Lukas Vaskes faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. 34 yoshli futbolchini Leverkuzenning "Bayer" klubi nishonga oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano. "Dorishunoslar" allaqachon tajribali ispaniyalik bilan bog‘langan - qaror futbolchiga bog‘liq.

Lukas Vaskes iyul oyida "Real"ni tark etganida erkin agentga aylangandi. "Qaymoqranglilar" safida o‘tmishda qanot himoyachisi sifatida o‘ynagan futbolchi jami 402 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol va 73 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Bayer" Bundesliganing o‘tgan mavsumida 2-o‘rinni egalladi. Yozda jamoada murabbiy o‘zgardi: "Real"ga ketgan Xabi Alonso o‘rniga Erik ten Xag tayinlandi.

Kiritildi: 07:48, 26.08.2025.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик