Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Roberto Karlos: «Odil Ahmedov bilan birga to‘p tepish men uchun sharaf bo‘lgan»

Roberto Karlos: «Odil Ahmedov bilan birga to‘p tepish men uchun sharaf bo‘lgan»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasi anjumanlari zalida O‘zbekiston Superkubogi-2025 uchrashuviga rasmiy mehmon sifatida taklif etilgan Jahon futboli afsonalari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Savol: — O‘zbekiston terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov bilan “Anji”da birga o‘ynagansiz. O‘sha davrlardan qanday umumiy xotiralar qolgan?

Roberto Karlos: — Iliq xotiralarni yodga tushirgan savolingiz uchun katta rahmat. Odil Ahmedov jamoamizga kelgan paytdayoq uning salohiyatiga amin bo‘lganman. Maydonni ko‘ra bilishi, o‘yinni o‘qishi, tashkil etish qobiliyati va aniq to‘p uzatishlari bilan yuqori darajadagi futbolchi ekanligini isbotlagan. Odil bilan birga to‘p tepish men uchun sharaf bo‘lgan. Odil bilan yaxshi do‘st, o‘rtoq bo‘lib qolganmiz. Kecha futzal uchrashuvini birgalikda o‘tirib, tomosha qildik. U bilan yana diydorlashganimdan xursandman.

Superkubokka taklif bois O‘zbekistonga keldim. Mamlakatingiz futbolining juda tez, jadal o‘sayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Barchangizni Jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabriklayman. Bizni Toshkentga, ajoyib tadbirga taklif etganliklari uchun O‘FF rahbariyatiga minnatdorligimni bildiraman.

Savol: — Xabi Alonso boshchiligida “Real” qanchalik yuksak natijalarni qayd eta oladi?

Roberto Karlos: — Men “Real”ning faxriy elchisiman. Ko‘p ma’lumot bera olmayman. “Real” katta klub. Hamisha yuksak marralarni ko‘zlab, ulkan maqsad sari harakat qiladi. Bu jamoaga har bir mutaxassis har tomonlama tayyor bo‘lib keladi. Xabi Alonsoda ham katta ishtiyoq bor. Biz uni qo‘llab quvvatlaymiz. Unga ishonamiz.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 17:04, 27.08.2025.
O'qildi: 2634 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.