Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Milan"ning bu transfer rejasi ham barbod bo‘lishi mumkin

"Milan"ning bu transfer rejasi ham barbod bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Konrad Xarderning "Milan"ga o‘tishi barbod bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Italiya klubi "Sporting" bilan 20 yoshli hujumchini 24+3 mln yevro va qayta sotuvning 10 foizi evaziga transfer qilishga kelishib olgani ma’lum bo‘lgandi.

Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, bitim barbod bo‘lish xavfi ostida. Portugaliyaliklar futbolchiga tezda o‘rinbosar topishlariga kafolat bera olishmaydi - busiz esa uni "Milan"ga qo‘yib yuborishmaydi.

Endi "rossonerilar" "Yuventus"dan Dushan Vlaxovich nomzodiga o‘tishlari mumkin.

Avvalroq, milanliklar "Bayer" forvardi Viktor Bonifasening tibbiy ko‘rik natijalaridan qoniqmagani sabab kelishuvdan voz kechgan edi.

Kiritildi: 18:53, 27.08.2025.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик