Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gavi Ispaniya terma jamoasining sentyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin

Gavi Ispaniya terma jamoasining sentyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi ehtiyot chorasi sifatida sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 saralashida Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan chetlatilishi mumkin.

Catalunya Radio radiosining xabar berishicha, 21 yoshli ispaniyalik futbolchi tizzasidagi noqulaylik tufayli kataloniyaliklarning juma kungi mashg‘ulotlarini muddatidan oldin yakunlagan. Manbaga ko‘ra, futbolchi holatini yanada aniqroq baholash uchun bir qator tibbiy ko‘riklardan o‘tadi.

Gavi o‘tgan mavsumda o‘ng tizzasining oldingi xochsimon boylami yirtilgani sababli uzoq vaqt maydonga tushmagandi.

Kiritildi: 12:24, 30.08.2025.
O'qildi: 1043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик