Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"PSJ" xavbeki APLga ko‘chib o‘tishi mumkin

"PSJ" xavbeki APLga ko‘chib o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Nottingem Forest" "PSJ" hujumkor yarim himoyachisi Li Kan Inni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "o‘rmonchilar" parijliklar bilan muzokaralarni boshlab, 24 yoshli futbolchi uchun 30 mln yevro taklif qilishgan. "PSJ" yana 30 mln yevroni bonuslar ko‘rinishida olishi mumkin.

Qayd etilishicha, fransuz klubi rahbariyati bu taklifga rad javobini bergan, ammo "Nottingem Forest" taslim bo‘lmoqchi emas va koreyalik futbolchi uchun taklifni oshirishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Li Kan In "PSJ" safida 47 ta o‘yinda 7 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Mish-mishlarga ko‘ra, yozda uni "Arsenal" va "Manchester Yunayted" sotib olmoqchi bo‘lgan.

Kiritildi: 18:21, 30.08.2025.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик