Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" tezkorlik bilan markaziy hujumchi sotib olmoqchi

"Chelsi" tezkorlik bilan markaziy hujumchi sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi Lissabonning "Sporting" jamoasi hujumchisi Konrad Xarderga e’tibor qaratdi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Liam Delapning jarohatidan so‘ng "Chelsi" shoshilinch ravishda yangi hujumchi qidirishni boshlagan. Ta’kidlanishicha, "ko‘klar" allaqachon "Sporting"dan 20 yoshli Xarderning ehtimoliy transferi bo‘yicha so‘rov yuborgan.

Bu mavsumda daniyalik futbolchi barcha musobaqalarda beshta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Xarderning "Sporting" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 24 million yevroga teng.

Kiritildi: 12:59, 31.08.2025.
O'qildi: 2844 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик