Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi sardori jarohat oldi va Osiyo kubogi saralash o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi sardori jarohat oldi va Osiyo kubogi saralash o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi

Baho:
+ | -

Belgiyaning «Antverpen» klubi sharafini himoya qilayotgan Muhammadali O‘rinboyev kecha «Vesterlo» jamoasiga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.

O‘yin yakunlangach, uning eski jarohati bezovta qilgani sabab, jamoaning tibbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislarining so‘roviga binoan O‘rinboyevning tiklanish jarayonlari o‘z klubida davom ettirilishi borasida qaror qabul qilindi.

Shu boisdan uning o‘rniga “Olimpik Mobiuz” futbolchisi Muhammedali Reimov yig‘inga jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoamiz 3–9 sentyabr kunlari U-23 Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi va Shri-Lanka, Qirg‘iz Respublikasi hamda Falastinga qarshi bahs olib boradi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 20:18, 31.08.2025.
O'qildi: 1633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик