Germaniya o‘smirlar terma jamoasining 19 yoshli himoyachisi David Odogu Germaniya Bundesligasini Italiya A Seriyasiga almashtirdi. U "Milan" jamoasi safiga qo‘shiladi.
"Hamma narsa juda tez sodir bo‘ldi va men hali ham so‘nggi 24 soat ichida yuz bergan voqealarni anglab yetishga harakat qilyapman. Juda ko‘p narsalar ro‘y berdi. Bunday imkoniyat uchun "Milan"ga minnatdorchilik bildiraman va bu klubning bir qismi bo‘lishimdan faxrlanaman," - dedi Odogu.
"Milan" istiqbolli himoyachi uchun yetti million yevro to‘ladi. Agar Odogu yangi klubida muvaffaqiyatga erishsa, "Volfsburg" yana uch million yevro bonus sifatida oladi.













