Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ederson: "Fenerbaxche"ni chempionlik sari yetaklayman"

Ederson: "Fenerbaxche"ni chempionlik sari yetaklayman"

Baho:
+ | -

Braziliyalik darvozabon Ederson "Fenerbaxche"ga o‘tishi haqida gapirib, klubni chempionlikka olib chiqishga tayyorligini aytdi.

"Avvalo, shuni aytishim kerakki, men juda va juda xursandman. Bu men uchun yangi va muhim chaqiruv bo‘ladi. Klub va shaxsan o‘zim uchun katta ishlar oldinda ekanligiga ishonaman. Bu yerda har bir daqiqadan zavq olaman. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Maqsadim - chempionlikni qo‘lga kiritish va jamoa rivojiga hissa qo‘shish.

Rahbariyat bilan uchrashuvlar ham, menga taqdim etilgan loyiha ham juda ta’sirli bo‘ldi. Bu yerda juda muhim, ajoyib futbolchilar bor. Bu yerda uzoq vaqtdan beri tanish bo‘lgan do‘stlarim ham bor. Men ular bilan uchrashishni va birga maydonga tushishni intiqlik bilan kutyapman. Biz birgalikda harakat qilamiz va bu klubni yuqori cho‘qqilarga olib chiqamiz. Muxlislarimizga so‘zim: har doim biz bilan bo‘ling va bizni qo‘llab-quvvatlang. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan mavsumni yaxshi o‘tkazishimizga ishonaman. Jamoadoshlarim bilan astoydil harakat qilaman, eng yaxshi tarzda javob qaytaraman va klubimizni chempionlik sari yetaklayman" - dedi Ederson.

Ederson 2017 yildan buyon "Manchester Siti"da o‘ynab kelayotgandi. Braziliyalik posbon "shaharliklar" safida 372ta o‘yin o‘tkazib, 168ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Klubdagi faoliyati davomida darvozabon 18 ta sovrin yutgan. Futbolchining bozor narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 22:46, 03.09.2025.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик