Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Samarqandda o‘zbek futboli yulduzlari ishtirokida xayriya uchrashuvi o‘tkaziladi

Samarqandda o‘zbek futboli yulduzlari ishtirokida xayriya uchrashuvi o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Ertaga, 6 sentyabr, shanba kuni Samarqandda «Dinamo» jamoasi faxriy o‘yinchilari va O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq futbolchilari ishtirokida katta xayriya o‘yini o‘tkaziladi.

Xabaringiz bor, «Dinamo» jamoasining afsonaviy hujumchisi tojikistonlik Muhsin Muhammadiyev yil boshida bir necha marta insultni boshdan kechirdi. O‘zbek futbolida goleador hujumchi va murabbiy sifatida nom qoldirgan 58 yoshli mutaxassis so‘nggi bir necha oydan buyon Moskvadagi shifoxonada og‘ir xastalik bilan kurashmoqda va uning tuzalib, tiklanishi uchun murakkab jarrohlik amaliyotlari zarur.

Muhsin Muslimovichni ruhan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zbek futboli yulduzlaridan iborat O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq o‘yinchilari hamda «Dinamo»ning faxriy o‘yinchilari o‘rtasida «Muhsin, biz sen bilan» shiori ostida Samarqandda xayriya o‘yini tashkil etilmoqda. 6 sentyabr, shanba kuni soat 17:00da san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi, soat 18:00da esa katta xayriya uchrashuvi boshlanadi! Stadionga kirish chiptasi narxi – 20 ming so‘m!

O‘yingohga keling va «Dinamo» afsonasi Muhsin Muhammadiyevni qo‘llab-quvvatlab, xayrli ishga hissangizni qo‘shing! Chiptalar sotuvidan tushgan mablag‘ to‘liq Muhsin Muhammadiyevga yetkaziladi.

Xayriya uchrashuvi. 6 sentyabr (shanba)
«Dinamo» faxriylari – O‘zbekiston MTJ faxriylari
Samarqand, “Dinamo” stadion.
Konsert boshlanishi: 17:00
O‘yin boshlanish vaqti: 18:00.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:13, 05.09.2025.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик