Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zbekiston - Eron o‘yini natijasi FIFA reytingiga kiritilmaydi

O‘zbekiston - Eron o‘yini natijasi FIFA reytingiga kiritilmaydi

Baho:
+2 | -

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning yozishicha, CAFA Nations Cup musobaqasi final va 3-o‘rin uchun o‘yinlari FIFA reytingi uchun inobatga olinmaydi.

Buning sababi quyidagicha:

"Avval yozganimdek, hozirgi FIFA oynasi 9 kunlik (1–9 sentyabr) va ikki o‘yin uchun mo‘ljallangan. FIFA terma jamoalarning ushbu taqvimni o‘yinlar bilan ortiqcha to‘ldirishni ma’qullamaydi. Ularning fikricha, bitta oynada uchta o‘yin o‘tkazish juda ko‘p hisoblanadi. Shu sababli, «jazo» sifatida, oyna davomida o‘tkazilgan uchinchi o‘yin FIFA reytingini hisoblashda inobatga olinmaydi.

Biroq O‘zbekistonning O‘monga qarshi o‘yini, "oyna" boshlanishidan avval (birinchi turning yana uchta o‘yini kabi) o‘tkazilgani uchun hisobga olinadi. Faqat bu bellashuv koeffisiyenti ikki barobar kichik bo‘ladi. Shuning uchun, agar CAFA millatlar kubogi finali 10 sentyabrda o‘tkazilganida edi, uning natijasi ham reytingga kiritilardi, lekin 10 koeffisiyent bilan emas, 5 bo‘lardi.

Final maksimal koeffisiyent bilan hisoblanishi uchun FIFA oynasi boshlanishidan oldin CAFA Kubogida ikki tur o‘tkazish kerak edi. Ammo bunday holda guruhdan chiqolmagan jamoalar FIFA oynasida faqat bitta o‘yin o‘tkazgan bo‘lishardi. Alternativ variant sifatida 5- va 7-o‘rin uchun o‘yinlar tashkil qilish mumkin edi. Lekin bu savol tashkilotchilar va ishtirokchilarga tegishli — ular turnirni ikki-uch kun ertaroq boshlashga tayyormidilar?

Shuningdek, 2026 yildan boshlab FIFA xalqaro kalendarda 16 kunlik oynalarni joriy qiladi, ya’ni 4 ta o‘yin o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ana shunda bunday muammo bo‘lmaydi".

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 10:38, 06.09.2025.
O'qildi: 4401 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик