Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu Messini ortda qoldirdi

Ronaldu Messini ortda qoldirdi

Baho:
+12 | -

Krishtianu Ronaldu JCH-2026 saralashi doirasida Armanistonga qarshi safar uchrashuvida dubl qayd etdi.

Portugaliya jiddiy qarshilikka uchramadi va Yerevanda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hozirda Ronalduning Jahon chempionati saralash bosqichida urgan gollari soni 38 taga yetdi.

Krishtianu o‘zining azaliy raqibi, JCH saralash o‘yinlarida 36 ta gol urgan Lionel Messidan o‘zib ketdi.

Jahon chempionati saralash bosqichida Krishtianu Ronaldudan ko‘proq gol urgan faqat bitta futbolchi bor.

Gap gvatemalalik Karlos Ruis haqida ketmoqda. Bu futbolchi hisobida 39 ta gol bor.

Kiritildi: 23:25, 06.09.2025.
O'qildi: 4740 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик