Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

JCH-2026 saralash. Xorvatiya Chernogoriyani yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

JCH-2026 saralash. Xorvatiya Chernogoriyani yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -1

Jahon chempionati–2026 Yevropa saralashi 6-turidan o‘rin olgan Xorvatiya — Chernogoriya uchrashuvi yakuniga yetdi. Bellashuv Zagreb shahridagi «Maksimir» stadionida bo‘lib o‘tdi. Maydon egalari 4:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.

35-daqiqada yarimhimoyachi Kristiyan Yakich hisobni ochdi. Unga pasni Luka Modrich uzatdi. 42-daqiqada Chernogoriya futbolchisi Andriya Bulatovich ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.

51-daqiqada Andrey Kramarich hisobni oshirdi. 85-daqiqada esa mehmonlar himoyachisi Nikola Shipchich to‘pni o‘z darvozasiga yo‘lladi. 90+2-daqiqada Ivan Perishich yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Guruh “L” jadvalida Xorvatiya 4 o‘yindan keyin 12 ochko bilan peshqadam. Chexiya ham 12 ochkoga ega, ammo 5 uchrashuv o‘tkazgan. Chernogoriya esa 5 o‘yinda 6 ochko bilan 4-o‘rinda joylashgan.

JCH–2026. Yevropa. “L” guruhi. 6-tur
2025 yil 8 sentyabr, dushanba. 23:45
Xorvatiya — Chernogoriya — 4:0
Gollar: 1:0 — Yakich (35’), 2:0 — Kramarich (51’), 3:0 — Shipchich (o‘z darvozasiga, 85’), 4:0 — Perishich (90+2’)
Chetlatish: Bulatovich (42’)

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:25, 09.09.2025.
O'qildi: 1424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик