Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriyaning "gol+pas" tizimidagi eng yaxshilar kimlar?

A Seriyaning "gol+pas" tizimidagi eng yaxshilar kimlar?

Baho:
+ | -

Chiro Immobile "gol+pas" tizimi bo‘yicha Italiya chempionatining so‘nggi 7 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu haqda Opta ma’lumotlariga tayanib, Squawka portali xabar berdi.

Immobile 2018 yildan beri 202 o‘yinda 146 ta gol urgan. U faoliyatining asosiy qismini "Lasio"da o‘tkazgan bo‘lsa, bu yildan "Bolonya" tarkibida o‘ynamoqda.

Ikkinchi o‘rinda "Inter" safida 239 ta o‘yin o‘tkazgan Lautaro Martines (143) qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni "Sassuolo" vakili Domeniko Berardi (174 ta o‘yinda 121 ta samarali harakat) yakunlab bergan.

Shuningdek, top-10dan Romelu Lukaku (165ta o‘yinda 116ta), Duvan Sapata (195ta o‘yinda 116ta), Dushan Vlaxovich (204ta o‘yinda 105ta), Krishtianu Ronaldu (98ta o‘yinda 97ta), Paulo Dibala (191ta o‘yinda 97ta), Rafael Leau (198ta o‘yinda 95ta) va Xakan Chalxano‘g‘li (233ta o‘yinda 85ta) joy olgan.

Kiritildi: 13:27, 12.09.2025.
O'qildi: 464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик