Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari

Faoliyatida birinchi bor Grilish APLda oy futbolchisi deb topildi

Faoliyatida birinchi bor Grilish APLda oy futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

Hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish ijara asosida to‘p tepayotgan "Everton"dagi faoliyatini ajoyib boshladi. Premyer-liganing dastlabki uchta turida Grilish o‘z hisobiga to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

To‘rtta golli uzatma Grilishga avgust oyi yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritishga imkon berdi. Bunday mukofotni Jek o‘z faoliyatida birinchi marta qo‘lga kiritdi.

"Everton" uch turdan so‘ng 6 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Devid Moyes jamoasi navbatdagi uchrashuvni 13 sentyabr, shanba kuni o‘z maydonida "Aston Villa"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:37, 12.09.2025.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.