Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Akmal Rustamov: «Qo‘qon shamoli? Bunday ob-havoda har ikki jamoa o‘ynaydi»

Akmal Rustamov: «Qo‘qon shamoli? Bunday ob-havoda har ikki jamoa o‘ynaydi»

Baho:
+ | -

«Qizilqum» bosh murabbiyi Akmal Rustamov Superliga 21-tur doirasidagi «Qo‘qon-1912» (2:1)ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Tanaffusdan foydalanib uchta o‘rtoqlik o‘yinilarini o‘tkazgandik. «Qo‘qon-1912» ni o‘rganib chiqqandik, ammo bugun ularning o‘yiniga moslashib qoldik. Yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. O‘yinni ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz. Yigitlarga rahmat aytaman", — deya so‘z boshladi Rustamov.

— Ikkinchi bo‘limda qiziq holat bo‘ldi. Jamoangizning 5-raqamli o‘yinchisi Dilshod Komilovni zaxiraga olmoqchi bo‘ldingiz, ammo u xohlamadi. Jamoaning ichki muhiti yaxshi emasmi?

— Jamoada hammasi yaxshi, barchasi rejamiz bo‘yicha ketmoqda. U maydonda meni tushunmadi, bu vaziyatni o‘rganamiz.

— Bugungi Qo‘qon shamoli «Qizilqum»ga qanchalik qarshilik ko‘rsatdi?

— Bu ob-havoda «Qo‘qon-1912» ham, «Qizilqum» ham o‘ynaydi. Vaziyatlardan foydalanganimizda barchasi boshqacha bo‘lardi. Ob-havoni ayblamaslik kerak. Ushbu o‘yinni tahlil qilib, «Nasaf»ga qarshi tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz.

— «Qizilqum» ayniqsa ikkinchi bo‘limda juda ham hujumkor harakat qildi. Navoiy jamoasi bunga qadar 9 ta o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmay kelayotgandi va bu rekord yangilanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo, jamoa oldingi o‘yinlarga nisbatan juda bosh ko‘rindi.

— Futbolchilarimga yana bir bor rahmat aytaman. Ular borlarini berishdi. Ehtimol shamol, ehtimol ob-havo ta’sir qilgandir. Bu o‘yinni tahlil qilganimizdan so‘ng aniq bo‘ladi.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 11:21, 14.09.2025.
O'qildi: 467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик