Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

"Sosyedad"ga qarshi o‘yinda Xeysenning chetlatilishi xato deb topilishi mumkin

"Sosyedad"ga qarshi o‘yinda Xeysenning chetlatilishi xato deb topilishi mumkin

Baho:
+ | -4

«Real» himoyachisi Din Xeysenning «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yindagi maydondan chetlatilishi xatolik sifatida tan olinishi mumkin.

La Liganing 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvda (2:1) bosh hakam Xesus Xil Mansano 32-daqiqada «Real» futbolchisini oxirgi umid foli uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazoladi.

Marca nashrining yozishicha, Fransisko Soto Balirak Ispaniya Texnika hakamlar qo‘mitasi (CTA) prezidenti etib tayinlangandan so‘ng mamlakatda hakamlik tizimida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan.

Endilikda har bir uchrashuvdan so‘ng hakamlarni 3 nafar mutaxassis baholaydi. Ular orasida stadionlardagi hakam-delegatlar va CTAning texnik direktorlari ham bor. Ular tomonidan maxsus hisobotlar tayyorlanadi va hakamning harakatlari, xatolari tahlil qilinib, reytinglar shakllantiriladi. Bu esa hakamning kelgusi o‘yinlarda ishlash imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Xeysenning o‘yindan chetlatilishi tortishuvlarga sabab bo‘lgan va ushbu holat hafta mobaynida rasman izohlanishi va xatolik sifatida e’tirof etilishi mumkin. Ayniqsa, VAR hakami Xorxe Figeroa Vaskes Xil Mansanoni monitorga chaqirmagani uchun tanqid ostiga olinmoqda. U vaqtincha vazifasidan chetlatilishi mumkin. Ushbu epizod CTA tomonidan ham batafsil tahlil qilinadi.

Kiritildi: 16:15, 14.09.2025.
O'qildi: 2239 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.