Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Brunu Fernandesh derbidagi yirik mag‘lubiyat haqida gapirdi

Brunu Fernandesh derbidagi yirik mag‘lubiyat haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:3) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Yo‘q, ijobiy lahzalarni topish qiyin emas. Ba’zi ishlarni yaxshi bajardik, lekin bu yetarli bo‘lmadi. Biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz, ammo bugun harakatlarimiz natija uchun yetarli bo‘lmadi. Bu biz o‘yindan oladigan narsa. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz va kelajakka qarashimiz kerak. O‘tkazib yuborish emas, gol urish kerak.

Vaziyatlar yaratishda davom etamiz, ammo istaganimizcha gol ura olmaymiz. Vaziyatni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak. Keraksiz joyda uchta gol o‘tkazib yubordik.

Natija biz uchun juda yomon, ammo o‘yinga turlicha qarash mumkin. Gollarning oldini olish mumkin edi. Biz dadil va ishonch bilan hujumga o‘tdik. Vaziyatlar yaratish orqali biz yanada aniqroq harakat qilishimiz mumkin edi.

Biz ham xuddi "Manchester Siti" kabi uch ochko olishni xohlagandik. "Siti" golli vaziyatlarda juda to‘g‘ri harakat qildi. Ularda juda yaxshi o‘yinchilar bor," - dedi Fernandesh Sky Sports’ga.

Kiritildi: 08:24, 15.09.2025.
O'qildi: 1181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик