Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Rossiyalik Olimpiada chempioni 53 yoshida vafot etdi

Rossiyalik Olimpiada chempioni 53 yoshida vafot etdi

Baho:
+ | -

Andrey Chemerkin — afsonaviy og‘ir atletikachi, 1996 yilgi Olimpiada chempioni 12 sentyabr kuni olamdan o‘tdi.

Uning o‘limi Rossiya Og‘ir atletika federasiyasi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlanib, “butun og‘ir atletika olami uchun o‘rnini hech narsa bosolmaydigan yo‘qotish” deya baholandi.

Chemerkin 1996 yil Atlanta Olimpiadasida super og‘ir vazn toifasida oltin, 2000 yil Sidneydagi Olimpiadada esa bronza medalni qo‘lga kiritgan.

U xalqaro maydonda hukmron sportchi sifatida tanilib, to‘rt karra jahon va ikki karra Yevropa chempioni bo‘lgan.

Faoliyati davomida sakkiz marta jahon rekordini yangilagan va shu tufayli muxlislar hamda hamkasblari uni “sayyoradagi eng kuchli odam” deb atashgan. Federasiya uni “butun bir davr timsoli, afsonaviy inson” sifatida ta’rifladi.

Chemerkinning katta sportdagi yo‘li 1993 yilda Melburndagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritish bilan boshlandi. Bir yil o‘tib, u kumush medalni yutdi, 1995 yilda esa Guanchjoudagi jahon chempionatida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Kuchli “siltab ko‘tarish” texnikasi bilan mashhur bo‘lgan Chemerkin ko‘pincha dastlabki bosqich — “dast ko‘tarish”da (snatch) raqiblaridan ortda qolardi, biroq “siltab ko‘tarish”da ajoyib natijalar qayd etib, g‘alabaga erishardi.

1996 yil Atlanta Olimpiadasida u dastlab nemis afsonasi Ronni Vellerdan 2,5 kilogramm ortda qolgan edi.

Veller “siltab ko‘tarish”da 255 kilogramm ko‘tardi, biroq Chemerkin 260 kilogrammni zabt etib, jahon rekordini yangiladi va Olimpiada chempioniga aylandi.

Oradan bir yil o‘tib, 262,5 kilogrammni ko‘tarib, yana rekord o‘rnatdi. 1997–1999 yillarda ketma-ket uch bor jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Chemerkin 2000 yil Sidneydagi Olimpiadada bronza medal bilan faoliyatini davom ettirgan.

Andrey Chemerkinning nomi og‘ir atletika tarixida oltin harflar bilan yozilib, uning qahramonliklari kelajak avlod sportchilari uchun doimo ilhom manbai bo‘lib qoladi.

Kiritildi: 09:31, 17.09.2025.
O'qildi: 994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.