Kirish Ro'yxatdan o'tish

Garnacho Skalonidan 2026-yilgi jahon chempionatiga borish imkoniyati bor-yo‘qligini so‘radi

Garnacho Skalonidan 2026-yilgi jahon chempionatiga borish imkoniyati bor-yo‘qligini so‘radi

Baho:
+3 | -

"Chelsi"ning yangi vingeri Alexandro Garnacho Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni bilan yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga borish imkoniyati haqida suhbatlashdi. Bu haqda jurnalist Fernando Chij xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Garnacho Skaloniga mundialga borish imkoniyati haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol bergan va murabbiydan aniq ijobiy javob olgan.

"Ha, imkoniyatlar bor, lekin shuni yodda tutki, sen yetakchilar ro‘yxatida emassan. Terma jamoaga qaytish uchun ko‘p narsani isbotlashingga to‘g‘ri keladi," - dedi Skaloni.

21 yoshli Garnacho Argentina terma jamoasi safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Vinger oxirgi marta 2024 yilning noyabrida terma jamoaga chaqirilgan edi.

Kiritildi: 17:30, 17.09.2025.
O'qildi: 1160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик