Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

"Yuventus" Vlaxovichga to‘liq ishonch bildirmoqda

"Yuventus" Vlaxovichga to‘liq ishonch bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Yuventus" jamoaning asosiy hujumchisiga to‘liq ishonadi.

Mashhur insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, "byankonerilar" rahbariyati Dushan Vlaxovichning nafaqat so‘nggi o‘yinlardagi sermahsulligidan, balki professionalligidan ham mamnun. Klubda ta’kidlanishicha, 25 yoshli serbiyalik yozgi transferlar vaqtida, uning ketishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, o‘zini juda munosib tutgan.

Biroq, ta’kidlanishicha, klub va hujumchi o‘rtasidagi hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hozircha to‘xtatilgan.

2025/26 yilgi mavsumda Dushan Vlaxovich "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:52, 18.09.2025.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик