"Liverpul" vingeri Federiko Kyeza sentyabr oyining o‘zida ingliz klubini tark etishi mumkin.
Football Insider xabariga ko‘ra, 27 yoshli italiyalikni Saudiya Arabistoni klublari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. U yerda transfer oynasi 23 sentyabr kuni yopiladi.
Kyeza hozirda 14 million yevroga baholanmoqda. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.













